Qo’llash uchun ko’rsatmalar: Tog’ay to’qimasining regenerasiyasini yaxshilash, organizmda kalsiy va vitamin D ning yetishmovchiligini bartafar etish. Yigit va o’smirlarda suyak to’qimasining o’sishini oshiradi.

Qo'shimcha ma'lumot
papainol
Xususiyatlari:
Kalsiy sitrat – suyaklarning shakllanishi, qon bosimini nazorat qilish va qon ivishida ishtirok etadi. Suyaklar, tishlar paydo bo'lishiga yordam beradi, suyaklar zichligini oshiradi, terining sog'lom bo'lishini ta'minlaydi. Osteoporoz xavfini kamaytiradi. Asab va mushak tizimlarining normal ishlashiga yordam beradi.
Tarkibi:
Faol moddalar: Kalsiy sitrat - 1100 mg, Magniy karbonat - 100 mg, Glutamin kislotasi - 33 mg, Vitamin C (Askarbin kislotasi) - 60 mg, Vitamin D3 - (3000 M.E), Sink oksid - 30 mg. Yordamchi moddalar: saxaroza, aromatizator (apelsin yoki banan).
Qo'llanilishi:
Tog'ay to'qimasining regenerasiyasini yaxshilash, organizmda kalsiy va vitamin D ning yetishmovchiligini bartaraf etish, suyak to'qimasida kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga solish maqsadida kalsiy va vitamin D ning qo'shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Fontanellarning birlashishi, tishlarning paydo bo'lishi va chaqaloqlarning shakllanishini rag'batlantiradi. Yigit va o'smirlarda suyak to'qimasining o'sishini oshiradi.
Qo'llash usuli:
1 ta sashe ichidagi granulani 30-50 ml iliq suvga eritib ichiladi, aralashtirib va tayyorlangandan keyin darhol ichish tavsiya etiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga bir kunda 1 ta paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. 7 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun: bir kunda 2 paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish kursi 4-6 hafta.
Nojo'ya ta'sirlar:
Kam hollarda oshqozon-ichak traktining buzilishi. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Chiqarish shakli:
15 ta sashe foydalanish ko'rsatmasi bilan karton qutiga joylashtirilgan. Dorixonalarda berish tartibi: Retseptsiz.
Saqlash sharoiti:
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda (namlik 70% dan yuqori bo'lmagan) va bolalar ololmaydigan joyda, +25°C dan baland haroratda. Yaroqlilik muddati: 2 yil. Qadoqda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatmang.